Nicotto Town



雨の灰の日曜日 ひゃく散時雨はち

luglio 26 mercledi  ☀︎ 36/25℃

Ichan Qa'la/Ичан қалъа uzbekistan

— Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorliklardan biri. Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa(tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva rabotidan (Dishan qalʼadan) baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. Ichan qalʼaga 4 darvozadan (Bogʻcha darvoza, Polvon darvoza, Toshdarvoza, Ota darvozadan) kirilgan.

Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qalʼada joylashgan. Undagi meʼmoriy yodgorliklarning yaratilish tarixi, asosan, 4 davrga taalluqli: birinchisi Xorazmning qadimgi davridan to moʻgʻullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Koʻhna arkning gʻarbiy devori, qalʼa devorining shimoli-sharqiy burchagidagi qadimgi davrga mansub burj va qalʼa devori qoldiqlari saqlanib qolgan. Ikkinchisi Xorazmning 1220-yildagi moʻgʻullar istilosidan keyingi tiklanish davri. Bu davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqalar mahobatli binolar qurilgan. Uchinchi davri XVI—XVII asrlarga toʻgʻri keladi. Shu paytda (Abulgʻozixon va Asfandiyorxon hukmronlik davrida) Ichan qalʼada Anushaxon hammomi (1657), peshayvonli Oq masjid (1675), Xoʻjamberdibiy madrasasi (1688) kabilar bunyod etildi. Koʻhna ark istehkomlari mustaqkamlandi, koʻrinishxona (xonning qabulxonasi) qurildi (1686—1688). Buxoro bilan Eron oʻrtasida Xiva xonligi uchun boshlangan urush natijasida (XVIII asrning 1-yarmi) Ichan qalʼa va, umuman, Xiva shahri qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga tobe viloyat  boʻlib turdi).





Copyright © 2024 SMILE-LAB Co., Ltd. All Rights Reserved.